Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2026-08-28 10:25:00 / Yangiliklar
Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari so‘zga chiqib, barchani ulug‘ va qutlug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Taʼkidlanganidek, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yurtimizni yana-da obod etish, aholi uchun munosib va qulay sharoitlar yaratish, inson qadrini ulug‘lash hamda xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, qurilish-bunyodkorlik va kommunal sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan ishlar mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbir davomida so‘nggi yillarda qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnati xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, bir qator xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
🇺🇿Ushbu yuksak eʼtirof sohada samarali mehnat qilayotgan xodimlarning masʼuliyati va kasbiga bo‘lgan sadoqatini yana-da oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Tadbir so‘nggida jamoa aʼzolariga Mustaqillik bayrami munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi.










