Mustaqillikning 35 yilligi: bunyodkorlik fidoyilari eʼzozda
2026-08-28 17:00:00 / Yangiliklar
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimizda qurilish sohasini izchil rivojlantirish, sohada sifat va xavfsizlik talablarini taʼminlash yo‘lidagi samarali mehnati, fidoyiligi va munosib xizmatlari uchun "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Ushbu eʼtirof — sohada mehnat qilayotgan xodimlarning yurtimiz taraqqiyoti, bunyodkorlik ishlari va qurilish sohasida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak bahosidir.
Hamkasblarimizni ushbu yuksak eʼtirof bilan jamoamiz nomidan samimiy muborakbod etamiz!
🇺🇿Ularga kelgusidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!









