Inspeksiyada “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazildi
2026-08-02 06:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qaroriga muvofiq Inspeksiya va uning tizim tashkilotlarida ish samaradorligini oshirish, xususan, ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida har oyning birinchi haftasi - juma kuni “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish tartibi joriy etildi.
Mazkur tashabbus doirasida 2026-yil 7-avgust kuni Inspeksiya xodimlari o‘rtasida elektron hujjat aylanish tizimidan samarali foydalanish, raqamli madaniyatni oshirish va ortiqcha qog‘oz sarfini oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbir davomida barcha ichki xizmat yozishmalari, buyruqlar, yig‘ilish bayonnomalari, hisobotlar hamda boshqa turdagi hujjatlar to‘liq elektron shaklda yuritildi. Xodimlar tomonidan elektron tizimlardan faol foydalanildi hamda hujjatlar almashinuvi tezkor, qulay va shaffof tarzda amalga oshirildi.
Shuningdek, mazkur ekoaksiya nafaqat ish jarayonlarini optimallashtirish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, qog‘oz iste’molini kamaytirish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.







