Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Chimboy tumani “Jipek joli” mahallasi hududida joylashgan ko‘p kvartirali uy-joy fondlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
2026-07-31 10:50:00 / Yangiliklar
Nazorat jarayonida ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi mulkdorlar tomonidan uy-joy fondlaridan texnik foydalanish qoidalari va belgilangan normalarga rioya etilishi, umumiy foydalanish joylarining holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi, sanitariya va texnik talablarning bajarilishi o‘rganildi.
Shuningdek, mazkur ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyati, ular tomonidan uy-joy fondiga texnik xizmat ko‘rsatish, umumiy foydalanish joylarini saqlash va zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari masʼullariga yozma ko‘rsatmalar berildi hamda ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishi nazoratga olindi.
Ko‘p kvartirali uy-joy fondlaridan texnik foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.






