Qurilish maydonlarida monitoring ishlari davom etmoqda
2026-07-31 14:25:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududlarda joylashgan qurilish obyektlarida belgilangan meʼyor va talablarga rioya etilishi yuzasidan rejali monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Chimboy tumanining “Guliston” mahallasida barpo etilayotgan maʼmuriy binoda olib borilayotgan qurilish ishlari atroflicha o‘rganildi.
Inspeksiya tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari doirasida obyektdagi qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, shaharsozlik normalari va qoidalari talablari asosida olib borilayotgani, shuningdek, qurilish materiallarining sifati hamda bajarilayotgan ishlar belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, monitoring davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan qurilish jarayoni uchun masʼul shaxslarga belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi Inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.






