Turar joylarning mustahkamligi va zilzilabardoshligi o‘rganilmoqda
2026-06-22 12:00:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahridagi ko‘p qavatli turar joylarda navbatdagi o‘rganish va nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar jarayonida mutaxassislar tomonidan turar joy binolarining texnik holati, konstruktiv mustahkamligi hamda zilzilabardoshlik darajasi o‘rganildi va baholandi. Mazkur ishlar mavjud uy-joy fondining holatini chuqur tahlil qilish, ehtimoliy xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, obyektlar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazilib, ularning maʼlumotlari “Pasportbino.uz” axborot tizimiga kiritilmoqda. Ushbu platforma orqali hududdagi uy-joy fondi bo‘yicha yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, monitoring va tahlil jarayonlarining samaradorligi yana-da oshirilmoqda.





