Yashnobod tumanida boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganilmoqda
2026-06-22 11:30:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati yuzasidan monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Monitoring jarayonida boshqaruv servis kompaniyalarining moddiy-texnik bazasi mavjudligi, 24/7 tartibida navbatchilik xizmati yo‘lga qo‘yilgani, yerto‘la xonalarining sanitariya holati, mulkdorlar oldida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishi, shuningdek, uy-joy fondini saqlash va undan foydalanishga oid boshqa talablarning bajarilishi o‘rganilmoqda.
Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv organlari masʼullariga ularni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilmoqda hamda ularning ijrosi inspeksiya tomonidan doimiy nazoratga olinmoqda.






