Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul Pastdarg‘om tumanida tashkil etildi.
2026-05-04 11:30:00 / Yangiliklar
Qabul jarayonida Pastdarg‘om tumani hamda boshqa hududlardan kelgan fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlar bildirildi. Xususan, ko‘p kvartirali uylarni foydalanishga qabul qilish, boshqaruv servis kompaniyalarining majburiy to‘lovlari hamda ichimlik suvi sifati bilan bog‘liq muammolar asosiy mavzulardan bo‘ldi.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijroga yo‘naltirildi. Inspeksiya vakolati doirasiga kiruvchi masalalar tegishli mutaxassislarga biriktirildi va ijrosi nazoratga olindi. Inspeksiya vakolati doirasiga kirmaydigan murojaatlar esa qonuniy tartibda tegishli idoralarga yuborilishi maʼlum qilindi.
Taʼkidlash kerakki, bunday sayyor qabullar aholi bilan muloqotni yana-da mustahkamlab, joylardagi muammolarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.







