Navoiy shahrida ko‘p qavatli uylarning texnik holati o‘rganilmoqda
2026-05-04 13:00:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Navoiy shahri Janubiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning texnik holatini o‘rganish maqsadida navbatdagi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar davomida inspeksiya xodimlari tomonidan turar joy binolarining texnik holati, konstruktiv mustahkamligi, shuningdek, ularning zilzilabardoshlik darajasi atroflicha baholandi. Shu bilan birga, o‘rganilgan obyektlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, “Pasportbino.uz” axborot tizimiga bosqichma-bosqich kiritib borilmoqda.
Mazkur elektron tizim orqali viloyatdagi uy-joy fondining holati bo‘yicha yagona va ishonchli maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, binolarning texnik ko‘rsatkichlari tizimli ravishda yuritilmoqda hamda doimiy monitoring yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa nazorat tadbirlarining samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu tizimli nazorat tadbirlari aholining xavfsiz, barqaror va qulay yashash sharoitlarini taʼminlashga xizmat qiladi.






