Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Armijon” kanalini rekonstruksiya qilish obyektida navbatdagi monitoring tadbirlari amalga oshirildi.
2026-04-16 11:25:00 / Yangiliklar
Monitoring jarayonida qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek, ularning tasdiqlangan loyiha hujjatlari va amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi. Xususan, kanalning ayrim uchastkalarida beton ishlari loyiha talablariga muvofiq ravishda bajarilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan mazkur holat yuzasidan joyida tezkor choralar ko‘rilib, loyiha talablari asosida bajarilmagan beton ishlari demontaj qilinib, ularni qaytadan belgilangan tartib va texnik talablar asosida bajarish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda uning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.








