Ko‘p qavatli uylarning texnik holati o‘rganilmoqda
2026-03-30 14:10:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Nukus shahri “Go‘ne qala” mahallasida joylashgan ko‘p xonadonli turar-joy binolarining texnik holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida inspeksiya xodimlari tomonidan turar-joy binolarining texnik holati, mustahkamligi hamda zilzilabardoshlik darajasi baholanib, binolar xatlovdan o‘tkazilmoqda va “Pasportbino.uz” axborot tizimiga kiritilmoqda.
Mazkur elektron tizim orqali hududdagi uy-joy fondining holati bo‘yicha yagona maʼlumotlar bazasi shakllantirilmoqda hamda monitoring jarayonlarining samaradorligi yana-da oshirilmoqda.





