Qurilish obyektlarida sifat va xavfsizlik — doimiy nazoratda!
2026-03-30 13:55:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududlarda joylashgan qurilish obyektlarida belgilangan tartibda tizimli ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumani “O‘rta-qalʼa” mahallasida barpo etilayotgan 64-sonli umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha bino qurish obyektida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar jarayonida qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilish holati, ularning belgilangan loyiha talablari va meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligi, shuningdek ishlarning sifatli bajarilayotgani joyida ko‘zdan kechirildi.
Inspeksiya tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida obyektlardagi qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga mosligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda umumiy bajarilish sifati muntazam ravishda tahlil qilinib, doimiy nazoratga olinmoqda.






