Qurilish obyektlarida sifat va xavfsizlik — doimiy nazoratda!
2026-03-30 14:30:00 / Yangiliklar
Qurilish obyektlarida sifat va xavfsizlik — doimiy nazoratda!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududlarda joylashgan qurilish obyektlarida belgilangan tartibda tizimli ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumani “Jiydali kulon” mahallasida barpo etilayotgan 90 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosidagi qurilish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilish holati, ularning belgilangan loyiha talablari va meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligi, shuningdek ishlarning sifatli bajarilayotgani joyida ko‘zdan kechirildi.
Inspeksiya tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida obyektlardagi qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga mosligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda umumiy bajarilish sifati muntazam ravishda tahlil qilinib, doimiy nazoratga olinmoqda.







