Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "PUK MIRYUNUS PROFESSIONAL" boshqaruv-servis kompaniyasida navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi
2026-02-16 14:10:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi "PUK MIRYUNUS PROFESSIONAL" boshqaruv-servis kompaniyasida navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida mazkur kompaniya xizmat ko‘rsatadigan 37 va 45-uy yer to‘lalari ko‘zdan kechirildi. Markaziy issiqlik tizimi yaxshi holatda bo‘lsa-da, yer to‘lalarda maishiy chiqindilar to‘plangani aniqlandi.
Shuningdek, 37-uyda fuqarolar tomonidan markaziy issiqlik tizimiga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha ulanish amalga oshirilgani aniqlandi. Bu holat tizim aylanmasiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, boshqa xonodonlarga yetarli issiqlik yetib bormasligiga olib kelishi mumkin.
Mazkur qoidabuzarliklar joyida bartaraf qilindi va fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Yer to‘lada to‘plangan maishiy chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha kompaniyaga tegishli ko‘rsatma berildi.






