Surxondaryoda qurilish sohasida masʼuliyat va sifat masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-02-17 10:05:00 / Yangiliklar
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Surxondaryo viloyati hokimligi masʼullari ishtirokida viloyatdagi qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida qurilish obyektlarida masʼuliyatni oshirish, qurilish ishlarini belgilangan loyiha hujjatlari hamda amaldagi meʼyoriy talablar asosida bajarish, sifat ko‘rsatkichlarini taʼminlash, shuningdek ishchi-xizmatchilarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etish hamda qurilish jarayonlarida xavfsiz ish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida qurilish tashkilotlari rahbarlarining mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Masʼul tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash, nazorat tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish muhimligi alohida taʼkidlandi.




