Mirobod tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning texnik holatini o‘rganish maqsadida kengaytirilgan tartibda qatʼiy monitoring tadbirlari olib borilmoqda
2026-02-10 11:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan poytaxtning Mirobod tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning texnik holatini o‘rganish maqsadida kengaytirilgan tartibda qatʼiy monitoring tadbirlari olib borilmoqda.
Jarayonda mulkdorlar tomonidan ko‘p qavatli uylarning texnik holatiga shikast yetkazgan holda tayanch hamda to‘siq devorlarni buzib tashlash, shuningdek, ko‘p qavatli uyning umumiy hududini o‘zboshimchalik bilan egallab olish kabi holatlar o‘rganilmoqda.
Reyd tadbirlari poytaxt bo‘ylab hududlar kesimida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishdan maqsad qoidabuzarlik holatlarini barvaqt aniqlash, aholi xavfsizligi va salomatligiga xavf soluvchi holatlarda tegishli choralarni ko‘rishdan iborat.







