Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Nukus shahri, “Tung‘ish qonis” mahalla hududida joylashgan ko‘p xonadonli uylarning texnik holati o‘rganildi.
2026-02-02 09:30:00 / Yangiliklar
Nazorat tadbirlari davomida ko‘p xonadonli uylarning tutash hududlaridan foydalanish holatlari hamda yerto‘la qismlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini oldini olishga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish va yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha mulkdorlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur nazorat tadbirlari uy-joy fondidan oqilona foydalanishni taʼminlash, umumiy mulkni saqlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.







