Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududlarda olib borilayotgan nazorat ishlari izchil davom etmoqda
2025-12-22 14:30:00 / Yangiliklar
Ana shunday monitoring tadbirlari Navoiy shahridagi “Yoshlik” mahallasi hududida barpo etilayotgan 504 o‘rinli umumtaʼlim maktabi qurilish obyektida o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, shuningdek bajarilayotgan ishlarining loyiha hujjatlari hamda amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiqligi o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha pudrat tashkilotiga qurilish ishlarini belgilangan loyiha asosida, sifat va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etgan holda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.





