Farg‘onada qurilish obyektlarida chang zarralarini kamaytirish choralari kuchaytirilmoqda
2025-12-05 15:25:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan viloyat hududida barpo etilayotgan inshootlarda chang ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik muhitni yaxshilash hamda belgilangan ekologik talablarning bajarilishi ustidan nazorat ishlari kuchaytirildi.
Inspeksiya tomonidan amaldagi tartib asosida qurilish obyektlarida mayda zarrali materiallarni yopiq omborlarda saqlash, yuk avtomashinalarining kirib-chiqish jarayonida ularni maxsus moslamalarda yuvilishini ta’minlash, obyektlarga suv purkagich qurilmalarni o‘rnatish kabi talablarning ijrosi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
O‘tkazilgan monitoringlar davomida mazkur talablarni kuchaytirish bo‘yicha inspeksiya xodimlari tomonidan jami 71 ta yozma ko‘rsatma rasmiylashtirildi.
Inspeksiya tomonidan ushbu yo‘nalishda reyd tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.





