INSPEKSIYA XODIMLARI XALQARO MALAKA OSHIRISH DASTURIDA
2025-11-13 10:30:00 / Yangiliklar
Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Istanbul Teknik Üniversitesi”, “Istanbul Aydın Üniversitesi”, “Kandilli Observatory” hamda “Beylikdüzü Disaster Education Center” da seysmik xavfsizlik sohasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi o‘tkazilmoqda.
Mazkur malaka oshirish dasturida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Dastur davomida ishtirokchilar Turkiya Respublikasida seysmik xavfsizlikni taʼminlash, xavf tahlili, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, muhandislik yechimlarini ishlab chiqish hamda binolarning zilzilabardoshligini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqdalar.
Malaka oshirish dasturi doirasida delegatsiya aʼzolari fuqarolik muhandisligi laboratoriyalari, favqulodda vaziyatlar taʼlim markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va seizmik himoya tizimlari bilan jihozlangan yirik inshootlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, “Istanbul Loyixa Loyihalashtirish Tashkiloti” ,“Gürlek Nakipoğlu Anadolu Litseyi” va “Yeditepe Universiteti”da tashkil etilgan uchrashuv va taqdimotlarda ishtirok etdilar.
Mazkur ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi hududiy inspeksiya xodimlarining xalqaro tajriba almashish, zamonaviy qurilish meʼyorlari va seizmik muhandislik yondashuvlarini o‘rganish imkonini bermoqda.





