Hokimiyat haqida
Navbahor tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. Viloyatning janubi-sharqida joylashgan. 1980-yil 12-martda tashkil etilgan. 1988-yilda Navoiy tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1992-yilda yana alohida tuman sifatida qayta tuzilgan. Navbahor tumani sharqda Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, gʻarbda Konimex tumani va Buxoro viloyati, shimolida Nurota va Konimex tuman yaylov yerlari, janubida Karmana tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,57 ming km². 2025-yil 1-iyul holatiga: Aholi soni 123 337 kishi bo'lgan (shundan 62 773 nafari erkaklar va 60 564 nafari ayollar). (2026). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Arabsaroy, Beshrabot, Gigant, Olchin, Qalqon-ota, Turkiston, Yangiyoʻl, Yangiqoʻrgʻon) bor. Markazi — Beshrabot shaharchasi.
navbahor tumanining passporti BATAFSIL
