САЙЁР ҚАБУЛ
2025-08-02 14:05:00 / Yangiliklar

Navbahor tumani hokimi Azamat O'roqov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Baxronjon Qurbonov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig'i Sherali Berdiyev "Yangi obod" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda 20 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.
😀Qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berish, tibbiy sohada amaliy ko‘mak berish, ish bilan ta’minlash, uy-joylarni kadastr qilish, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda ko‘maklashish va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
🔸Jarayonda bir qancha murojaatlar joyida o‘z еchimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.




