Jarayon
2026-11-21 16:25:00 / Yangiliklar

TOŞRABOT MAHALLASIDA YANGI MAJMUA FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
✅Navbahor tumanida «Oğir» tumanlar dasturi doirasida aholi uçun qulay infratuzilma yaratiş, yoşlarni sportga keng jalb etiş va mahallalarda obodonlaştiriş işlarini amalga oşirişga qaratilgan loyihalar izçil davom ettirilmoqda.
⭐️Dastur doirasida Toşrabot mahallasi hududidagi eski futbol stadioni ta’mirlanib, zamonaviy sport va dam oliş maskaniga aylantirildi. Mazkur obyektning oçiliş marosimi bölib ötdi.
🎙 Ochilish marosimida Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman hokimi so‘zga chiqib, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
💎Loyiha doirasida stadion atrofida 500 metrlik soğlomlaştiriş yölagi barpo etildi, tomoşabinlar örindiqlariga 400 ta örindiq örnatildi. Sport maydoni 4 ta yoritiş minorasi bilan yoritildi, hududda suv oqiziş ariqlari qurildi hamda jismoniy maşqlar maydonçasi taşkil etildi.
♻️Şuningdek, mahalla hududidagi kiçik boğ obodonlaştirilib, 15 ta yoritiş çiroği, 3 ta soyabon, çiqindi taşlaş qutilari örnatildi, yölaklarga toş yotqizildi. Bolalar uçun zamonaviy öyin maydonçasi va jismoniy maşqlar maydonçasi barpo etildi.
📨Yangi sport majmuasi va obodonlaştirilgan hudud mahalla aholisi, ayniqsa, yoşlar va bolalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişi, soğlom turmuş tarzini şakllantirişi hamda aholi uçun qulay muhit yaratişga xizmat qiladi.
⛳Obod mahalla — farovon hayot, soğlom avlod va yuksak taraqqiyot garovidir!





