Jarayon
2026-11-20 08:15:00 / Yangiliklar

TURKIYALIK INVESTORLAR IŞTIROKIDA GIDROPONIKA USULIDA ZAMONAVIY ISSIQXONA LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI
Navbahor tumanida investisiyalarni jalb etiş, qişloq xöjaligi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş va yangi iş örinlarini yaratiş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Tuman hokimi Alişer Raşidov turkiyalik investorlar bilan gidroponika usulida zamonaviy issiqxona taşkil etiş loyihasi yuzasidan uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida umumiy investisiya hajmi 7 million AQŞ dollarini taşkil etuvçi mazkur loyihaning asosiy yönalişlari, amalga oşiriş mexanizmlari va istiqbollari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida Turkiya texnologiyalari va zamonaviy uskunalari asosida bozorbop pomidor mahsulotlarini yetiştiriş yölga qöyilişi, yillik işlab çiqariş quvvati 1,5 ming tonnani taşkil etişi rejalaştirilmoqda. Şuningdek, 80 ta yangi iş örni yaratiş hamda yetiştirilgan mahsulotlarni Rossiya va Qozoğiston bozorlariga eksport qiliş közda tutilgan.
Uçraşuvda loyihani amalga oşiriş, investisiyalarni jalb etiş va hamkorlikni yölga qöyiş böyiça atrofliça fikr almaşilib, tomonlar örtasida tegişli kelişuvlarga erişildi.
Mazkur loyiha tumanda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş va aholi bandligini ta’minlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.





