Jarayon
2026-10-22 08:15:00 / Yangiliklar

Misrlik chorvachilik sohasi vakillari Navbahor tumanida
🇪🇬🇺🇿Misr Arab Respublikasidan chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi bir guruh mutaxassislar, ilmiy xodimlar va olimlar Navbahor tumaniga tashrif buyurdi.
🐄Tashrif davomida Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov xorijlik mehmonlar bilan uchrashib, ularga hamrohlik qildi. Uchrashuvda chorvachilik sohasini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🐂Mehmonlar tashrif doirasida “Navbahor Tekstil” korxonasiga qarashli Bahar milk chorvachilik majmualari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, qoramollarni parvarishlash, boqish va saqlash sharoitlari, sut sog‘ib olish jarayonlari hamda chorva salomatligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🐄Muloqot va tanishuv jarayonida ikki tomon mutaxassislari o‘zaro tajriba almashib, chorvachilik samaradorligini oshirish, zamonaviy usullarni joriy etish va sohada mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi. Misrlik olim va mutaxassislar ham o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
🐂Mazkur tashrif chorvachilik sohasida xalqaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish hamda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





