Jarayon
2026-10-19 11:35:00 / Yangiliklar

Navbahor tumani Yoshlar markazi binosida tuman hokimi Alisher Rashidov, tuman prokurori Avaz Asadov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahron Qurbonov hamda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Laziz Qayumov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda 50 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
🔺Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, imtiyozli kreditlardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.
🔻Tuman rahbarlari yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganib, ularning har bir murojaati nazoratga olinishini ta’kidladilar. Murojaatlarni ijobiy hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
🔺Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.






