Jarayon
2026-09-18 19:05:00 / Yangiliklar

🍂Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov Qorajon mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasi hududida bo‘lib, hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
🍂Tashrif davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Hududda yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va buta ko‘chatlarini ekish uchun yerlarni sifatli tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🍂Tuman hokimi mas’ullarga hududning iqlim sharoitiga mos, hududni ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qiladigan ko‘chatlarni tanlash va ularni belgilangan agrotexnik talablar asosida ekish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
🍂Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish va ularning yashab ketishini ta’minlash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
➡️“Yashil makon” loyihasi doirasidagi mazkur ishlar kichik sanoat zonasi hududining ekologik holatini yaxshilash, obodonlashtirish va yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiladi.




