Sayyor qabul
2026-09-11 20:35:00 / Yangiliklar
Navbahor tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Navbahor tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
💼11-sentabr kuni Xalq qabulxonasi binosida Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
➡️Qabul davomida yigirma nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
➡️Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, fuqarolarning masalalarini hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar va bajarish muddatlari belgilandi.
🖌Shaxsiy qabulda bildirilgan murojaatlarning yechimi hokimlik tomonidan nazoratga olindi.




