Sayyor qabul
2026-09-04 14:35:00 / Yangiliklar

⭕️Navbahor tumanida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini joyida hal etish va aholiga yanada yaqin bo‘lish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul tumandagi Yuqori Beshrabot mahallasida joylashgan 34-sonli umumta’lim maktabi hovlisida o‘tkazildi. Unda Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov, tuman prokurori Baxtiyor Isoqov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Islomov hamda tuman soliq inspeksiyasi rahbari Sherali Berdiyev ishtirok etdi.
⬅️Sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqaro qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan diqqat bilan tinglanib, muammolarning mazmun-mohiyati o‘rganildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni imkon qadar joyida hal etish, qolaversa, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yordam talab qiladigan masalalarni tegishli tashkilotlar orqali yechish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
📌Shuningdek, har bir murojaatning ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilot va rahbarlar belgilanib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
👍Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topish hamda davlat tashkilotlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.







