OPEN BUDJET
2026-09-01 05:00:00 / Tashabbusli byudjet

“TASHABBUSLI BYUDJET”NING GʻOLIB LOYIHALARI EʼLON QILINDI
2026 yildagi 2-mavsumida “Open Budjet” portalida Navbahor tumanidan 8 ta tashabbus gʻolib deya topildi.
Gʻolib deb topilgan tashabbuslar roʻyxati:
1. Navbahor tuman Ko‘hron MFY Ko‘hron ko‘chasida joylashgan stadionni qayta zamonaviy ta’mirlash-rekonstruktsiya qilish;
2. Navbahor tuman 27-maktabga 18×36 sport zal qurish va maktab fasad qismini ta'mirlash;
3. Navbahor tuman 9-maktabning A-o'quv binosini kapital ta'mirlash, B-o'quv binosini tashqi fasad qismini ta'mirlash;
4. Navbahor tuman Navkar MFY Navkar ko'chasiga asfalt qoplamasi yotqizish va piyodalar yo'lakchasi qurish;
5. Navbahor tuman Guliston MFYdagi 4-umumta'lim maktabi hududidagi sport maydoniga 20x40 o'lchamli sun'iy qoplamali sport maydoni qurish;
6. Navbahor tuman Qizilrabot MFYdagi Navro'z OSHPni kapital ta'mir qilish;
7. Navbahor tuman Yangi obod MFY balansida bo'lgan sport maydonchasida sun'iy qoplamali usti yopiq, dush va xojatxonasi alohida bo'lgan maydoncha qurish;
8. Navbahor tuman Yuqori Beshrabot MFYning Iftixor ko'chasini 2000 metriga asfalt qoplamasini yotqizish.
