Jarayon
2026-08-29 09:25:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Navbahor tumanida aholi salomatligini asrash va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim loyiha — 8-son oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Alisher Rashidov ishtirok etdi.
4 milliard 80 million so‘m davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan zamonaviy tibbiyot muassasasi ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, 100 qatnovga mo‘ljallangan va 8 ming nafarga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Yangi oilaviy poliklinikaning ishga tushirilishi hudud aholisiga tibbiy xizmatlarni o‘z yashash joyiga yaqin va qulay sharoitda olish, kasalliklarning oldini olish hamda salomatligini muntazam nazorat qilish imkonini beradi.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari yurtimizda inson qadri va xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyaning hayotdagi yorqin namunasidir.




