Sayyor qabul
2026-08-28 14:10:00 / Yangiliklar

📷Unda Uchtut mahallasi hamda yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi 30 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
✅Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda asosan uy-joy, yer ajratish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.
✏️Tuman hokimi va mas’ullar tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni qonuniylik, ochiqlik va adolat tamoyillari asosida hal etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🔺Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish hamda muayyan muddat talab etadigan masalalar mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatildi. Belgilangan topshiriqlarning ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
🤝Sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
➡️Navbahor tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy yechim bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.









