Sayyor qabul
2026-08-26 09:05:00 / Yangiliklar

🏆Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidovning navbatdagi shaxsiy qabuli tuman Xalq qabulxonasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida 15 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildi. Fuqarolarning murojaatlari hokim tomonidan birma-bir tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi.
🔄Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Muammolarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va amaliy yechim topish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bunday shaxsiy qabullar aholining murojaatlarini bevosita tinglash, mavjud muammolarga joyida yechim topish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📥Eng muhimi, har bir murojaatning e’tibordan chetda qolmasligi, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilishi hamda ularning ijrosi nazoratga olinishi aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✨Fuqarolar bilan ochiq muloqot va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi bu kabi amaliy ishlar Navbahor tumanida aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.






