Sayyor qabul
2026-08-07 09:05:00 / Yangiliklar

✅Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔝Sayyor qabul davomida 15 nafarga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Fuqarolar tomonidan uy-joy, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa turli yo‘nalishlardagi masalalar ko‘tarildi.
👍Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan alohida e’tibor bilan tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi muddatli nazoratga olinib, murojaatlarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🫥Ta’kidlanganidek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
☝️Bunday sayyor qabullar aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini tezkor ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌟Navbahor tumani hokimligi









