Jarayon
2026-08-06 19:35:00 / Yangiliklar

Navbahor tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Alisher Rashidov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📊Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.
📊Unda tumanda bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda har bir mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
📌Yig‘ilish yakunida tuman hokimi Alisher Rashidov tomonidan barcha mas’ullarga belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.









