Jarayon
2026-07-30 16:35:00 / Yangiliklar

Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov tuman markazida joylashgan Madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish hamda bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
✅Tashrif davomida bog‘ hududining sanitariya holati, yashil maydonlarni kengaytirish, mavjud daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash, piyodalar yo‘laklari hamda dam olish maskanlarini yanada obod va shinam holga keltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
⚡️Shuningdek, davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi. Tuman hokimi mas’ullarga bog‘ hududini yanada ko‘rkam va zamonaviy qiyofaga keltirish, yangi manzarali daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, sug‘orish tizimini takomillashtirish hamda hududni doimiy ravishda ozoda saqlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
⚡️Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish, tumanning ekologik muhitini yaxshilash hamda Navbahorning yanada obod va fayzli maskanga aylanishiga xizmat qiladi.




