JARAYON
2026-07-16 10:40:00 / Yangiliklar

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Navbahor tumani Madaniyat bo‘limining katta faollar zalida viloyat va tuman rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
⏳Uchrashuvda Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov, Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari Ravshan Namozov,Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zohid Qayumovlar ishtirok etdi.
🏷Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tumanning 300 nafardan ortiq yoshlari qatnashib, ularni qiynayotgan muammolar, tashabbus va takliflar, bandlikni ta’minlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar.
💻Rahbarlar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, masalalarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlar biriktirildi hamda ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
🗂Ta’kidlanganidek, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishi uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
📁Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini bevosita tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi samarali muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





