JARAYON
2026-06-19 10:15:00 / Yangiliklar

Navbahor tumani Beshrabod mahallasida joylagan 11-sonli Musiqa va san’at maktabi binosida OTM bitiruvchi ishsiz yoshlar, ishsiz xotin-qizlar va band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash hamda banklar tomonidan loyihalar taqdim etish maqsadida tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tijorat banklari tashabbusi bilan ko‘rgazmali yarmarka tashkil etildi.
✅Yarmarkada tumandagi 72 ta korxona va tashkilotlar 104 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 9 ta tadbirkorlik subektlari o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlari va loyihalari bilan qatnashdi. Tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga jami 87 nafar ish izlovchi fuqarolar shundan 4 nafari mehnat muhojiri, 2 nafar probatsiya nazoratida turganlar, 29 nafari yoshlar jalb etildi.
🔴Mehnat yarmarkasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Murod Jumaboyev va tuman hokimi o`rinbosari G.Ergashevalar so‘zga chiqib tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida hamda tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar xotin-qizlar uchun tushunchalar berdi.
🫥Mehnat yarmarkasida har bir korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘zdan kechirilib ularga mos kadrlarni tanlashdi va xulosa berildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan yarmarka qatnashchilariga o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob berildi.
🫥O‘tkazilgan yarmarkada 8 nafar ishsiz fuqarolarga doimiy ish o‘rinlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Yarmarka ishtirokchilaridan 11 nafariga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishlari bo‘yicha tafsiyalar berildi, shundan 8 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shuningdek 16 nafar fuqarolarga kasbga o`qitish uchun vaucherlar berildi.
⤴️Shuningdek fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha qiziqtirgan savollariga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.




