SESSIYA
2026-06-05 17:55:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalariga oid muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
🇺🇿🇺🇿Sessiya ishida tuman hokimi Alisher Rashidov, hokimlik mutasaddilari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, xalq deputatlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
📣Kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida 2026-yilda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan xizmat ko‘rsatish loyihalarining manzilli dasturi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
✅Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Navbahor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat ham tasdiqlandi.
🔘Shuningdek, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga 3900 nafar xotin-qizni kiritish, ularning muammolarini hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilovchi “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash masalasi muhokama qilinib, ma’qullandi.
➡️Kun tartibidan tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan nizomni tasdiqlash kabi moliyaviy masalalar ham o‘rin oldi.
⬇️Bundan tashqari, amaldagi ayrim qarorlarni muvofiqlashtirish, bekor qilish hamda qonunchilik talablariga moslashtirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
📱Sessiya yakunida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
📈Qabul qilingan qarorlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.









