Sessiya
2025-12-29 15:25:00 / Majlislar

Navbahor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, deputatlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🫥Sessiya kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi muhokamasi muhim masalalardan biri sifatida o‘rin oldi. Unda belgilangan ustuvor vazifalarni tuman miqyosida amalga oshirish yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi.
🐍Shuningdek, Navbahor tumani mahalliy budjetining 2025 yildagi ijrosi to‘g‘risida hisobot eshitildi hamda 2026 yil uchun tuman mahalliy budjetini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
💠Sessiyada 2025 yil davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlar tinglandi. Mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🫥Bundan tashqari, 2025 yilda shakllantirilgan “Ayollar daftari”ni yakunlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qilindi. Xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
☯️Sessiyada 2026 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama etildi.
💠“Boshqa masalalar” qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar, 2026 yilda tumanda amalga oshiriladigan drayver loyihalarning manzilli dasturi hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi KQ-284-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🫥Sessiya yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.




