Jarayon
2025-11-15 08:35:00 / Yangiliklar

Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov tumanning markaziy dehqon bozoriga tashrif buyurib, bu yerda mavjud sharoitlar va savdo jarayonini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida hokim mutasaddilar bilan birgalikda bozordagi tartib-intizom, mahsulotlarning sifati hamda narxlar barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
🔺Ushbu jarayonda aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Xususan, oziq-ovqat narxlarini sun’iy oshirishning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish va bozordagi umumiy tartibni saqlash bo‘yicha doimiy monitoring olib borish vazifalari belgilab berildi.
🔺Shuningdek, bozor infratuzilmasini yanada yaxshilash, tadbirkorlar va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham kun tartibiga chiqarildi. Baxtsiz hodisalarning oldini olish, zamonaviy xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish hamda savdo rastalarini zamonaviy talablarga mos ravishda modernizatsiya qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
👝Tashrif yakunida hokim Alisher Rashidov mazkur choralar amalga oshirilishi natijasida bozor faoliyati yanada samarali tashkil etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati oshishi va tadbirkorlik uchun yanada qulay muhit yaratilishini ta’kidladi




