MUROJAATNOMA
2026-09-08 15:45:00 / Kiberxavfsizlik

Assalomu alaykum, Aziz Narpayliklar hamda tumanimiz mehmonlari !
Narpay tumani 2026-yil avgust oyida sodir etilgan 65 ta jinoyat haqida hisobot e’lon qildi. Ularning 78,4 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan, 12,3 foizi o‘g‘irlik va 9,2 foizi kiberjinoyat turidan o‘rnatilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan oyda qotillik yoki og‘ir jarohatga olib keladigan voqealar yuz bermagan, 16 marotaba tezkor qidiruv o‘tkazib, 7 ta jinoyat fosh etilgan. Shuningdek, 51 ta zo‘ravonlik qurboniga himoya orderi berilgan, 52 ta ruhiy kasal yoki muammoni tuzatishga muhtoj shaxs davolanishga yuborilgan. Kiberxavfsizlik bo‘yicha “Cyber Himoya” ilovasi va botga obuna bo‘lish yo‘lidagi islohotlar natijasida kiberjinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 8 taga kamaygan.
Tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha avgust oy yakuni bilan “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llab borilmoqda.
Sizlarga tumanimizning avgust oyidagi kriminogen vaziyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Joriy yilning avgust oyida jami 65 ta hisobot yilida sodir etilgan jinoyatlar ro‘yxatga olingan.
Ularning:
51 tasi, yoki 78,4 foizini oldini olish mumkin bo‘lgan,
8 tasi, yoki 12,3 foizini aniqlanadigan,
6 tasi, yoki 9,2 foizini axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni tashkil qilgan.
Jami ro‘yxatga olingan 65 ta jinoyatlarning 78,4 foizini, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarining 8 tasi, yoki 12,3 foizini o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avgust oyi davomida tuman hududida qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bosqinchilik, avto-transport vositasini olib qochish kabi oldini olish mumkin bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, sentyabr oyida
-53 ta mahallalarning 60,4 foizida mahalla hududidagi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Tumandagi 53 ta mahallalardan 6 tasi, ya’ni “Ahillik”, “Islomobod”, “Xalqobod”, “Ko‘k ota”, “Nog‘oraxona” va “Chaykal”, mahallalari “qizil” toifaga kiritilgan.
Jinoyat sodir etilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan avgust oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 16 marotaba tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, jami 7 ta jinoyatlar fosh etilishiga erishildi.
Mahallalarda qarovsiz va nazoratsiz qolgan
3 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Farzandiga ta’lim va tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmaganligi sababli jami 26 ta ota-onalarga ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanildi.
51 ta tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan
xotin-qizlar aniqlanib, ularga himoya orderlari berildi. 34 ta oilalarning nizolari bartaraf etildi.
Himoya orderi talablariga rioya qilmagan jami
7 ta nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudlarga yuborildi.
52 ta hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar tibbiyot muassasalariga davolanishga yotqizildi.
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, ayrim muammoli masalalar va ularni bartaraf etish ham e’tiborimizdan chetda emas.
Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 18-avgust kunidan 18-sentyabr kuniga qadar tuman hududida xavfsiz kibermakon tezkor profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi natijasida
Kundan kunga axborot texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan kiberjinoyatlarning yangi turlari paydo bo‘lmoqda.
Hozirda ushbu xavfdan qutulishimizning eng samarali yo‘li viloyat IIB KQKBga tegishli bo‘lgan “Cyber Himoya” ilovasini o‘rnatish, “Sam cyber_102 bot”ni 210 ming nafar fuqarolarni qo‘shish ishlari olib borilishi natijasida birgina avgust oyini o‘zida 6 ta o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 taga kiberjinoyatlar qayd etilib, kamayishiga erishildi.
Ushbu jinoyatlarda fuqarolarimizning o‘zi plastik kartasi kodini jinoyatchilarga berganligi, internet orqali onlayn savdolarni amalga oshirishda pul mablag‘larini oldindan o‘tkazib berganligi hamda boshqa turdagi kiberjinoyatlarga aldanganligi ma’lum bo‘ldi.
Agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiritishingiz shart.
Hurmatli fuqarolar !
Yana bir qator muhim yo‘nalishlarga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQChIMAN.
-Jamoat transportida, aholi gavjum joylarda, bozorlar va serqatnov ko‘chalarda hamyon va shaxsiy buyumlaringizga e’tiborli bo‘ling !
-Oson pul topishni targ‘ib qilayotgan firibgarlarga ishonib qolmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni kibertahdidlardan asrang !
Hurmatli Narpayliklar,
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar, aniq vazifalar belgilab olganmiz.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda har doim Siz aziz fuqarolarimizga ishonamiz.
Murojaatim yakunida, har doimgidek Siz azizlarni yana bir bor hushyorlikka chaqiraman.
O‘z oilamiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik !
E’tiboringiz uchun rahmat!
