Murojaatnoma
2026-09-08 15:50:00 / Matbuot anjumanlari

Narpay tumani prokurori To‘ychiyev Abdullo Oripovichning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan
MUROJAATI
Narpay tumani prokurori 2026-yil 8 oyiga oid jinoyatchilik holati haqida ma'lumot berdi: hududda talonchilik va avtomobillarni olib qochish sodir bo'lmagan, 27 mahallada esa umuman jinoyatlar qayd etilmagan. Jami 143 ta oldini olish mumkin bo'lgan jinoyat ro'yxatga olingan, ularning aksariyati yo'l-transport hodisalari, o'g'rilik va firibgarlikdan iborat.
Prokuror yengil tan jarohati yetkazish bilan bog'liq 15 ta holatga alohida e'tibor qaratib, bu jarayonlarning asosiy sababi fuqarolarning jamiyatda yurish-turish qoidalarga rioya qilmasligi va ma'naviy muhit zaifligi ekanligini ta'kidladi. Xalqni uy va mahallalarini himoya qilishga chaqirdi.
Cocoon AI Summary
Assalomu alaykum, hurmatli Narpay tumani aholisi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!
Ushbu profilaktik ogohlantiruvchi murojaatni yo‘llashdan asosiy maqsad, tumanimiz aholisini kriminogen vaziyatdan ogoh qilgan holda Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolini oldini olishdan iborat.
Shu sababdan, tumanimizda sodir etilgan jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, tumanimiz hududidagi kriminogen vaziyat haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Joriy yilning avgust oyida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, talonchilik, bosqinchilik, va avtotransport vositasini olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Mahallada xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida 53 ta mahallaning 21 tasida jinoyatlar kamaygan bo‘lsa, 27 ta mahallada umuman jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Shuningdek, mahallalarning 5 tasi qizil toifaga kirgan bo‘lib, ularning hissasiga 9,4 foiz oldi olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi.
Bundan tashqari, joriy yilning 8 oyida 143 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar qayd etilgan.
Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 33 tasi yo‘l transport hodisasi, 30 tasi o‘g‘rilik, 17 tasi firibgarlik, 16 tasi bezorilik, 15 tasi yengil tan jarohati yetkazish, 10 tasi o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish, 5 tasi oilaviy zo‘ravonlik, 2 tasi qotillik va va nomusga tegish va 1 tasi og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Murojaatim davomida yana bir muhim yo‘nalishga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQChIMAN.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yil 8 oyida jami 15 ta yengil tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan.
Ushbu toifadagi jinoyatning asosiy sabablari tahlil qilinganda, fuqarolarimiz tomonidan jamiyatda yurish turish qoidalariga rioya qilmasligi, ma’naviy muhitning zaifligi holatlari sabab bo‘lmoqdaligi ko‘rinmoqda.
Misol uchun, fuqaro X.D 2026 yil 10 iyul kuni qarindoshlari N.D va E.Sh.lar bilan uy-joy masalasida so‘zga borib tortishuv natijasida N.D va E.Sh.lar X.D.ning tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu borada tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda viktimologik profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shunga qaramasdan, yengil tan jarohati yetkazish bilan bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilmoqda.
Umuman olganda, bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz hayot kechirishiga qaratilgan.
Shunday ekan, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olib, tumanimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
