Bugun yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining IV sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-12-26 14:30:00 / Yangiliklar
Dastlab “Namangan viloyatining 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala ko‘rildi. Bu yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Abdullayevning axboroti tinglandi. Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi masʼul xodimi Dilshodbek Nigmatov so‘zga chiqdi.
Shuningdek, sessiyada kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida soliq organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini so‘zsiz taʼminlash bo‘yicha Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shuhratali Imomovning mahalliy Kengashga Murojaati eshitildi.
Sessiya ishida Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi va so‘zga chiqdi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati