Bugun, 29-noyabr kuni yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining II sessiyasi boʻlib oʻtdi.
2024-11-29 17:07:00 / Yangiliklar
Sessiya ishini viloyat Kengashi raisi Solijon Moʻminov olib bordi.
Unda xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish, viloyat Kengashida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash, Kengashi kotibiyati toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Sessiyada koʻrilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati