Navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi
2026-07-27 09:45:00 / Yangiliklar
Navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

Bugun, 27-iyul kuni Muzrabot tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman hokimligi masʼullari, shuningdek, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur qabul jarayonida turli masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning 70 ga yaqin ariza va takliflari ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir muro jaat atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish hamda qonun hujjatlari doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
