
Korrupsiyaga qarshi kurash

Muzrabot tumani korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tuman korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining 2024 yilning I yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bo‘yicha “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Muzrabot filiali va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Muzrabot filiali mas’ullarining hisobotlari eshitildi. Tijorat banklari mas’ullarining hisobotlaridan kelib chiqib, komissiya a’zosi T.Tangirov, komissiya kotibi D.Sherboev hamda a’zolari korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdilar. Tashkilot rahbarlariga tegishli chora-tadbir rejasini ishlab chiqib, tizimli ishlarni yo‘lga quyish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mazkur yig‘ilish tanqidiy savollar, takliflar va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.


