Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-05-26 12:10:00 / Yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Bugun, 26-may kuni Muzrabot tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur qabul jarayonida ijtimoiy yordam ko‘rsatish, davolanish uchun order ajratish, subsidiya masalalari bo‘yicha murojaat qilgan jami 27 nafar fuqarolarning ariza va takliflari ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish hamda qonun hujjatlari doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
