Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning tuman aholisiga rasmiy murojaati
2026-04-29 15:50:00 / Yangiliklar

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning tuman aholisiga rasmiy murojaati
Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Bugungi kunda yurtimizda adolat va qonuniylikni ta’minlash, davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda xalq manfaatlarini ustuvor etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Muzrabot tumanida ham ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, tumanni “korrupsiyadan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda tumanda:
— davlat xizmatlari ko‘rsatishda ochiqlik va raqamlashtirish keng joriy etilmoqda;
— yer ajratish, qurilish va budjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflik ta’minlanmoqda;
— aholi murojaatlari bilan ishlashda adolatlilik, xolislik va tezkorlik tamoyillari kuchaytirilmoqda;
— mansabdor shaxslar faoliyati ustidan qat’iy nazorat mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan birga, korrupsion xavflarning oldini olish maqsadida:
— kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etildi;
— rahbar va xodimlarning shaxsiy javobgarligi va hisobdorligi oshirilmoqda;
— jamiyatda halollik muhitini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Hurmatli tumandoshlar!
Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat davlat idoralarining vazifasi emas, balki har birimizning fuqarolik burchimizdir. Jamiyatda halollik, adolat va qonun ustuvorligi qaror topsa, albatta barcha maqsadlarimizga erishamiz.
Sizlarni poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik va har qanday qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz bo‘lishga, bunday holatlarga befarq bo‘lmaslikka chaqiraman.
Agar siz korrupsiyaga oid holatlarga duch kelsangiz yoki bu haqda ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
📞 Ishonch telefonlari:
☎️ +998 76 349 17 26
📞 +998 97 850 55 44
📩 Telegram: https://t.me/JahongirAbdurasulov
🌐 Rasmiy sayt: https://gov.uz/oz/muzrabot/news/view/83826
Barcha murojaatlar qat’iy nazoratga olinadi hamda ularning maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Ishonchim komilki, faqat o‘zaro hamjihatlik, qat’iy intizom va yuksak fuqarolik mas’uliyati orqali Muzrabot tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantira olamiz.
