“Voyaga yetmaganlar o`rtasida giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish”
2026-01-29 09:30:00 / Yangiliklar

“Voyaga yetmaganlar o`rtasida giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish”
Giyohvandlik yoki unga tenglashtirilgan moddalarini muntazam iste’mol qilish — bu inson salomatligi va ijtimoiy muhitga jiddiy xavf tug‘diruvchi deviant (me'yordan og‘uvchi) xulq-atvor shaklidir. Bugungi kunda giyohvandlik ijtimoiy muhitga chuqur va buzg‘unchi ta’sir ko‘rsatadigan, jiddiy salbiy oqibatlarga olib keluvchi hodisa sifatida dolzarb masalaga aylangan.
Giyohvandlikka ruju qo‘yishning asosiy sabablari — zavq olish istagi, o‘tkir hissiyotlarga intilish, shuningdek, muayyan do‘stlar yoki tanishlar ta’siridir.
Giyohvandlik holatlarining ko‘pchiligi aynan yoshlar orasida uchrayotgani tahsinga loyiq ijtimoiy xavf sifatida qayd etiladi.
Ko‘plab yoshlar giyohvand moddalarni iste’mol qilishga o‘z irodasi bilan emas, balki tashqi bosim — yaqin do‘stlar, jamoadagi ta’sirchanlik tufayli berilib ketmoqdalar. Giyohvand moddalarning iste’moli dastlabki bosqichlarda inson organizmiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmasa-da, vaqt o‘tishi bilan kuchli ruhiy va jismoniy bog‘liqlikni shakllantiradi. Bu esa insonning muvozanatini buzib, ruhiy holatida kayfiyat ko‘tarilishi, soxta xotirjamlik yoki “rohat” hissini yuzaga keltiradi. Ayrim hollarda, odamlar bu holatni ijobiy deb baholab, giyohvand moddani tinchlantiruvchi yoki sog‘liq uchun foydali vosita sifatida qabul qilishadi. Ammo uzoq muddatda bu holat inson aqliy salohiyatining pasayishi, agressivlik, xulq-atvor buzilishi va ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi. Eng dahshatlisi, ushbu moddalarni surunkali isteʼmol qiluvchilarning OITS kasalligiga chalinishi ehtimoli bir necha bor ortadi.
Voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklar va giyohvandlik vositalariga ruju qoʼyishining asosiy ijtimoiy sabablari ham mavjud. Bularga notinich oilalar, shaxs yashayotgan muhit, jamiyatning munosabati va oʼtish davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar va boshqa muammolar kiradi. Shuningdek, hozirgi kunda alkogolizm yoki giyohvandlik vositalarini isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etish hollari kuzatilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq, alkogolizm, giyohvandlikka yoʼliqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʼlsa, sud jazo chorasi bilan birga ularga tibbiy yoʼsindagi majburlov choralarini ham tayinlashi mumkin. Jamiyatda, oilada voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklarga, giyohvandlik vositalariga nisbatan salbiy qarashlari uchun vaziyat yaratilishi lozim, bunday yashash sharoitini umuman qabul qilmaslik, ularda ixtiyoriy davolanishga imkoniyat tugʼdirish va kelajakda spirtli ichimliklar va giyohvandlik vositalaridan umuman voz kechishiga erishish lozim.
Shunindek, narkotik moddalarining noqonuniy tarqalishining oldini olish va ularning mahfiy bozori bilan qattiq va qatʼiyat bilan kurashish, giyohvandlik yoki alkogolizm kasalligidan azoblanayotgan shaxslarga insonparvarcha munosabatda boʼlish lozim. Narkotik moddalari tarqalishinining oldini olishda koʼproq ularning ziyonligi haqida aholini, asosan voyaga yetmagan shaxslarni ogohlandirish katta ahamiyatga ega.
Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi: O.Ergashev
